TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Rossiyaning Uralmashzavodi O‘zbekiston konlari uchun ikkita EKG-5A rusumli ekskavator ishlab chiqaradi.
EKG-5A – bu ulkan ekskavator bo‘lib, uning umumiy vazni 200 tonnaga yaqin. Ekskavator kovshi ichiga 5 kub metr hajmda, og‘irligi 30 tonnagacha bo‘lgan ruda sig‘adi. EKG-5A ekskavatori 3 harakatda BelAZ avtomobilini yukxonasini to‘ldiradi. Qizig‘i shundaki, ekskavatorda birorta ham benzinli yoki dizel dvigatel yo‘q.Ekskavator faqat elektr toki yordamida ishlaydi.
O‘zbekistonda ishlayotgan korxonalarning ko‘pi – bu davlat korxonalaridir.Ular asbob-uskuna sotib olishga juda sinchikov yondashadi. Uralmashzavod O‘zbekistonda ishonchli asbob-uskuna chiqaruvchi sifatida tanilgan. Bizning ekskavatorlar, maydalagichlar va tegirmonlar NTMKda, Olmaliq TMKda, Bekobodsement va boshqa korxonalarda ishlamoqda”, — dedi Uralmashzavod vakili Vacheslav Sekachev.
Ushbu ekskavatorlar Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati va “Bekobodsement” korxonasi uchun mo‘ljallangan. Ekskavatorlar 2017-yilning 2 choragida yetkizib beriladi. Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda Uralmashzavod NTMKga ana shunday ekskavatorlardan birini yetkizib bergan edi.