Abdulaziz Kamilov Misr elchisini qabul qildi

© AFP / YASSER AL-ZAYYATAbdulaziz Kamilov
Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Misr Arab Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Amani al-Itrni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Elchi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Xabarda bildirilishicha, suhbat davomida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston-Misr hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish va turizm sohasini rivojlantirish borasida tajriba almashishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0