TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillyayeva Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan "Oltin globus-2017" kinofestivalining qizil yo‘lakchasida namoyon bo‘ldi. Bu haqda CAFB.Asia saytida ma’lum qilindi.
Lola Karimova-Tillyayeva "Oltin globus" qizil yo‘lakchasida Tom Ford libosida ko‘rinish bergan.
Qizil yo‘lakchada Lola Karimova-Tillyayevadan tashqari Gollivudning ko‘plab mashhur yulduzlari suratga tushishdi.
"Oltin globus" kinomukofotining 74-taqdimot marosimi 8-yanvardan 9-yanvarga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kinomukofot 1944-yildan buyon Gollivud xorijiy matbuot assotsiatsiyasi tomonidan har yili kino va televidenie sohasida yutuqlarga erishganlarga beriladi.