O‘zbekistonda ikki viloyat IIB rahbarlari o‘zgardi

© © Sputnik / Tabildi Kadirbekov.Kreslo
Kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navoiy va Jizzax viloyatlari ichki ishlar boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekiston ichki ishlar vaziri buyrug‘iga ko‘ra Navoiy va Jizzax viloyatlari ichki ishlar boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda "Postda" gazetasiga tayanib kun.uz nashri xabar bermoqda.

Navoiy viloyati IIB boshlig‘i etib polkovnik Tursunpo‘lat Toshpo‘latov tayinlandi. U avval ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — IIV jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi rahbari bo‘lib faoliyat yuritgan (2015 yilning iyunidan).

Jizzax viloyati IIBga esa polkovnik Rustam Tursunov rahbar etib tayinlangani xabar qilingan.

Yangiliklar lentasi
0