Tumenda fojeali avtopoyga videoga tushirildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishQishgi yo‘l
Qishgi yo‘l - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tumenda muzli yo‘l ustida ikki avtomobil poyga uyushtirib biri avariyaga uchradi. Bo‘lib o‘tgan voqea avtomobillardan biriga o‘rnatilgan videoregistratorga yozib boriladi.

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Rossiyaning Tumen shahrida muzli yo‘lda uyushtirilgan avtopoyga halokat bilan yakunlandi, RIA Novosti Tyumen Times xabariga asosan.

Ushbu yilning 7-yanvarida Tumenda Audi va Range Rover avtomobillar poyga uyushtirishadi. Havo harorati minus 30, yo‘l usti muz bilan qoplangani ham ularni to‘xtata olmaydi. Ustiga ustak poyga shahar ichida uyushtiriladi. 

Poygada Range Rover tezligini 165 km/soatdan oshirib Audidan o‘zib ketadi, lekin shundan keyin boshqaruvini yo‘qotadi. Range Rover katta tezlikda yo‘l chetiga chiqib ketib tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilgan simog‘ochga borib uriladi. Oqibatda yo‘ltanlamasning 37 yoshli haydovchisi va uning 35 yoshli rafiqasi qurbon bo‘ladi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ularning uch nafar farzandlari endi ota-onasiz qolgan.

Yangiliklar lentasi
0