TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xekmat Xalil Karzay boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar ikki taraflama munosabatlarning bugungi holati va kelajak istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, O‘zbekiston va Afg‘oniston munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya hamda madaniy-gumanitar va boshqa jihatlari ko‘rib chiqildi.
Maslahatlar davomida ikki mamlakatning xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilish, kelajakda rejalashtirilgan uchrashvlar haqida ham kelishib olindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Afg‘oniston orasidagi munosabatlarni o‘zaro hurmat bilan va bir-birining manfaatlarni hisobga olgan holda yangi darajaga ko‘tarish haqida kelishib olindi.
Uchrashuvda Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Sayed Shaxabuddin Timuri ham ishtirok etdi.