Belarussiya 80 mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishBelorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko
Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belorussiya prezidenti dunyoning 80 mamlakati fuqarolari uchun muddati 5 kungacha bo‘lgan tashriflar uchun kirish vizalarni bekor qildi.

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Aleksandr Lukashenko “Chet el fuqarolari uchun vizasiz kirish-chiqish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra dunyoning 80 mamlakati fuqarolari muddati 5 kundan oshmagan sayohatlar uchun Belorussiya hududiga vizasiz kirib kelish huquqiga ega bo‘lishdi, Sputnik Belorussiya xabariga asosan. 

Vizasiz kirish tartibi 39 Yevropa mamlakatlari, Braziliya, Indoneziya, AQSh, Yaponiya va dunyoning yana 37 mamlakati fuqarolari uchun e’lon qilingan.

“Birinchi navbatda vizasiz kirish Belorussiya bilan vizasiz kirish-chiqish o‘rnatgan mamlakatlar fuqarolari uchun va migratsiya masalasida xavfli bo‘lmagan mamlakatlar bilan o‘rnatilgan”, — deyilgan xabarda.

Belorussiya TIVi xabariga ko‘ra ushbu chora mamlakatga biznesmen, sayyohatchi va alohida shaxslarni faol ravishda taklif qilishga qaratilgan. Vizasiz kirish tartibi rasmiy safarlar uyushtirayotgan delegatsiya vakillari, diplomatik va xizmat pasportlari egalariga taaluqli emas.

“Belorussiyaga kirish uchun pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatga ega bo‘lish, kundalik yashash uchun yetarli miqdorda (kamida 25$) pul mablag‘i va tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lish kerak”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.

Vyetnam, Gaiti, Gambiya, Gonduras, Hindiston, Xitoy, Livan, Namibiya va Samoa fuqarolari uchun pasportida ko‘p martali foydalanilgan Shengen vizasi hamda 5 kun ichida Belorussiyadan chiqib ketish uchun aviachipta bo‘lishi kerak.

Ushbu prezident qarori imzolangan kunidan bir oy o‘tib kuchga kiradi.

 

Yangiliklar lentasi
0