Markaziy Osiyo aholisi 2017-yilda 70 mlndan oshadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishToshkent-Moskva poyezdi yo‘lovchilari
Toshkent-Moskva poyezdi yo‘lovchilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar instituti siyosatshunoslari Markaziy Osiyoda 2017-yilda sodir bo‘ladigan muhim voqealar o‘nligini ma’lum qilishdi

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Kirib kelgan yil Markaziy Osiyo uchun demografiya borasida o‘ziga xos burilish yili bo‘ladi. Mintaqa aholisi bu yil 70 million nafardan oshishi kutilmoqda. Almatida bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo — 2017: yangi trend va ssenariylar" mavzuyidagi davra suhbatida mana shu raqam tilga olindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston aholi soni jihatidan Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda turadi. 2016-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra respublikaning doimiy aholisi soni 31 million 807 ming kishini tashkil etgan. O‘zbekistonda o‘rtacha umr davomiyligi ayollarda 75,8 va erkaklarda 71,1 yoshga teng.

Qozog‘iston prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar instituti siyosatshunoslari Markaziy Osiyoda 2017-yilda sodir bo‘ladigan muhim voqealar o‘nligini ma’lum qilishdi.

Demografik o‘sishdan tashqari ekspertlar jahon mahsulotlar bozoridagi tiklanish mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotining yaxshilanishiga olib kelishini taxmin qilishmoqda. Shu bilan birga Xitoyning Markaziy Osiyodagi iqtisodiy tashrifi mustahkamlanishi kuzatiladi.

Mintaqa mamlakatlaridagi ichki siyosiy jarayonlar ham siyosatshunoslar e’tiboriga tushdi. Xususan, O‘zbekistonning yangi hukumat boshchiligidagi dastlabki yildagi taraqqiyoti hamda Turkmaniston va Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovlari ham siyosatshunoslar sharhidan o‘rin olgan.

Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda Afg‘onistondagi beqarorlik bois Markaziy Osiyo mintaqasidagi terrorchilik tahdidiga alohida e’tibor qaratilgan.
Rossiya, Xitoy, AQSh, Turkiya, Erondagi ichki siyosiy jarayonlar va ularning mintaqadagi mamlakatlar bilan munosabatlari ham taxminlar ro‘yxatidan joy olgan.

Yangiliklar lentasi
0