TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Yettinchi yanvar kuni Samara viloyatida yo‘lovchi avtobusi va yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston FVV matbuot xizmati.
Hodisa oqibatida yengil avtomobilda bo‘lgan uch kishi halok bo‘lgan. Ular — 1978-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarolari Norbayev Norbek Olenbayevich, Xudayberganov Marks Ibragimovich hamda 1979-yilda tug‘ilgan Bobojonov Qahramon Fayzuloyevich bo‘lishgan.
YTH Samara — Uralsk yo‘lining M-32 trassasi 76-kilometrida yuz bergan.
Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda respublikaning tegishli vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda halok bo‘lganlarning yaqinlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.