Turkiya elektr ta’minoti uzilishlarini AQSh kiberhujumlari bilan izohladi

© Foto : PixabyXaker hujumi
Xaker hujumi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oxirgi vaqtlarda Istambul va uning atrrofidagi shaharlarda elektr ta’minoti uzilishi tez-tez sodir bo‘lmoqda.

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Turkiya Energetika vaziri Berat Albayrak mamlakatda tez-tez sodir bo‘layotgan elektr ta’minoti uzilishlarini AQSh hududidan uyushtirilgan kiberhujumlar bilan izohladi, RIA Novovsti xabariga asosan.

"Kecha biz AQSh tomonidan yoppasiga uyushtirilgan kiberhujumlar guvohi bo‘ldik. Hujumlar vazirlikning turli departamentlariga sistematik ravishda amalga oshirildi, lekin biz ularning barchasini qaytardik", — dedi Albayrak mahalliy telekanal efirida.

Oxirgi vaqtlarda elektr ta’minoti uzilishi Istambul shahri va uning atrrofida tez-tez sodir bo‘layotgan va ushbu tufayli aholi tomonidan ko‘plab arznomalar kelib tushayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0