TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Toshkentda o‘zbek-afg‘on siyosiy maslahatlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.
"9-10 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida o‘zbek-afg‘on siyosiy maslahatlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi", — deyilgan xabarda.
O‘zbekiston TIVi xabariga ko‘ra, Afg‘oniston delegatsiyasiga mamlakat tashqi ishlar vaziri Hekmat Xalil Karzay boshchilik qiladi.
2016 yilning dekabr oyida Gamburgda bo‘lib o‘tgan YeXHT tashqi ishlar vazirlari kengashida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov so‘zga chiqib, Afg‘onistonda qarama-qarshi tomonlarda kurashayotgan asosiy siyosiy kuchlar, jumladan "Tolibon"ni ham bir-biri bilan yarashtirish kerakligi haqida gapirgan edi.