TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Yaqinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Olimpiada qo‘mitasi Bosh assambleyasi majlisi so‘nggida Rioda oltin medalga sazovor bo‘lgan O‘zbekistonlik sportchilarga esdalik haykalchalari topshirildi, deb xabar qilmoqda Milliy Olimpiada qo‘mitasi.
Bokschilar Hasanboy Do‘smatov, Shaxobiddin Zoirov, Fazliddin Goibnazarov va og‘ir atletikachi Ruslan Nuridinovlarga chempionlikni qo‘lga kiritgan lahzada o‘z qiyofalari tasvirlangan bronza haykalchalar topshirildi.
Esdalik haykalchalarini O‘zbekiston prezidenti nomidan bosh vazir Abdulla Aripov topshiridi. MOQ xabariga ko‘ra, ushbu haykalchalar "Ravshan Mirtajiyev galereyasi" ustalari tomonidan yasalgan.