TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Moskvada oxirgi 120-yil davomida olib borilgan meteorologik kuzatuvlariga ko‘ra, o‘tgan tun — eng sovuq tun bo‘ldi, RIA Novosti xabariga asosan.
Moskva shahridagi VDNX bog‘i hududida qayd etilgan sovuq darajasi minus 29,9 ni tashkil qildi. Moskva viloyatida joylashgan Klin va Dmitrov shaharlarida havo harorati minus 33,4 gradusni tashkil qildi.
Mutaxassislar, bunday sovuq havoda ko‘chada uzoq yurmaslikni va avtomobilda uzoq sayohatga chiqmaslikni maslahat berishmoqda. FVV tomonidan shaharlararo trassalarda bir necha isinish punktlari tashkil qilingan.
Ob-havoni kuzatish markazi aytiishiga ko‘ra, Moskva hududida eng sovuq Rojdestvo tuni 130-yil oldin bo‘lgan. 1881-yilning 6-yanvarida Moskvada sovuq darajasi —35 gradusni tashkil qilgan ekan.