O‘zbekistonda iliq havo saqlanib qoladi

© Ana_JOb havo
Ob havo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sinoptiklar 10-yanvarga qadar yog‘ingarchilik bo‘lmasligini bildirmoqdalar

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Sinoptiklarning xabar berishlaricha, O‘zbekistonda kelasi hafta boshiga qadar iliq ob-havo saqlanib qoladi, deb yozadi nuz.uz.

6-10 yanvar kunlari respublikada o‘zgaruvchan bulutli havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 7-12 m/sni tashkil etadi.

6-8 yanvarda harorat kunduzi 2-7 daraja iliq, kechasi 2 daraja sovuq uch darajagacha iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, 6-8 yanvar kunlari kunduzi 0-5 daraja, 9-10 yanvar kunlari 2 daraja sovuq 3 darajagacha iliq bo‘ladi.

Toshkentda ham havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-3 daraja sovuq, 6-8 yanvar kunlari 4-7 daraja, 9-10 yanvar kunlari esa 8-10 darajagacha iliq bo‘ladi.

 

Yangiliklar lentasi
0