TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi markaziy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda uz24.uz xabar bermoqda.
Jamg‘arma ta’sischilari, kengash a’zolari, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori Shuhrat Jalilov O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi etib saylandi.