TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Xabar berganimizdek, bugun Milliy olimpiya qo‘mitasining XXX Bosh Assambleyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda qo‘mita prezidenti va vitse prezidentlari saylanishdi.
Qo‘mita prezidentligiga bir ovozdan saylangan "O‘zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi raisi Alisher Sultonovga vitse prezidentlar sifatida Salim Abduvaliyev, Valeriy Tan, Farhod Turdiyev va Umid Ahmadjonovlar saylanishdi.
Oybek Kasimov esa Bosh kotib lavozimiga qayta saylandi va faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.