Karimov va Mirziyoyev 2016-yilning 40 nafar yetakchi shaxslari ro‘yxatiga kiritildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishOqsaroy
Oqsaroy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har yili tuziladigan mazkur ro‘yxatdan dunyoning yorqin iz qoldirgan siyosiy va jamoat arboblari, nodavlat tashkilotlar vakillari o‘rin oladi

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov va amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Ispaniyaning yetakchi tahliliy markazlaridan biri — Barselona xalqaro munosabatlar markazi (CIDOB) tomonidan xalqaro hayotning 2016-yildagi 40 nafar yetakchi shaxslari ro‘yxatiga kiritildi. Ro‘yxat markazning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilingan.

Har yili tuziladigan mazkur ro‘yxatdan dunyoning yorqin iz qoldirgan siyosiy va jamoat arboblari, nodavlat tashkilotlar vakillari o‘rin oladi. 2016-yil reytingiga O‘zbekistonning birinchi va amaldagi prezidentlari kirdi.

Ro‘yxat tuzuvchilari "taniqli davlat va siyosat arbobi Islom Karimov yangi mustaqil davlat asoschisi bo‘lgani, O‘zbekiston sobiq Ittifoq tarqalganidan keyin tiklanishiga ulkan hissa qo‘shgani"ni qayd etdi.

CIDOB ekspertlari O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev mamlakatda bo‘lib o‘tgan Prezidentlik saylovlarida saylovchilarning 88 foizdan ortiq ovozini to‘plab, ishonchli g‘alaba qozonganini e’tirof etdilar.

Ro‘yxatda shuningdek, Kubaning marhum yetakchisi Fidel Kastro, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp va boshqa shaxslar hamda tashkilotlar qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0