TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. 4 yanvar kuni soat 20:00dan 5-yanvar soat 22:00gacha Toshkent shahrining qator tumanlarida sovuq suv o‘chirilishi hamda suv quvurlari tarmoqlarida bosimning pasaytirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda "Suvsoz" DUK matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Xabarga ko‘ra, bu bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik va ta’mirlash-profilaktika ishlarining boshlanishi bilan bog‘liq.
Shu sababli Olmazor, Shayxontohur, Yunusobod va Chilonzor tumanlaridagi bir qator mahallalardagi ko‘chalarda joylashgan xonadonlar va tashkilotlar uchun sovuq suv ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Xabarda suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuborilishi bildirilgan.