TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Toshkentdagi The Beauty Bar saloni stilistlari O‘zbekistonning 14 hududida istiqomat qiluvchi ayollar qiyofasini tasvirlab beruvchi ajoyib videorolik tayyorlashdi. Videorolik Youtube videoxostingida joylashtirilgan.
Loyiha mualliflarining aytishlaricha, mazkur g‘oya ilk marta Toshkentda bo‘lib o‘tgan Fashion Week 2016 ko‘rgazmasida namoyish etilgan.
Videorolikda O‘zbekistonning 14 hududida istiqomat qiluvchi ayollarning yashab turgan joylariga xos qiyofa va kiyimda tasvirlanishi aks etgan.
The Beauty Barning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida rolikni tayyorlagan stilistlar Muzaffar Vohidov, Nargiza Dadajonova, Olesya Grushak, Feruza Turg‘unboyevalarga minnatdorlik bildirilgan.