O‘ho‘! Yetti kunning eng muhim 7 xabari

© Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishyangi yil
yangi yil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barchangizni kirib kelgan 2017-yil bilan qutlar ekanmiz, o‘zbekistonliklarni o‘tgan yetti kun ichida hayratga solgan yetti xabar bilan tanishtirib o‘tamiz.

1. Alisher Usmonov O‘zbekistonga chaqirishsa albatta borishini aytdi

O‘tgan haftada rossiyalik milliarder Alisher Usmonov "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida O‘zbekiston haqida to‘xtalib o‘tdi. "Men ko‘p marta aytganman, men o‘zbekligimdan mag‘rurlanaman. Men O‘zbekiston mening ona yerim ekanligidan mag‘rurlanaman. Men har doim, har daqiqada, O‘zbekiston uchun, O‘zbekiston rahbariyati uchun qo‘limdan kelgan hamma ishni qilishga tayyorman. Men O‘zbekiston xalqiga va prezidentiga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Men albatta sarmoya qilishni istayman, shunday rejalarim bor. Hech bo‘lmasa Moskvadagidek xayriya fondi ochish istagim bor. Buni albatta amalga oshirishim kerak. Men buning uchun ruxsat so‘rashga qaror qilganman", dedi u.

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishAlisher Usmonov O‘zbekistonga chaqirishsa albatta boradi
Alisher Usmanov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov O‘zbekistonga chaqirishsa albatta boradi
2. O‘zbekistonlik ofitserlar Rossiyada ta’lim olishadi

Joriy yilning sentabr oyida uzoq tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston armiyasi ofitserlarining Rossiya harbiy o‘quv yurtlarida ta’lim olish jarayoni qayta tiklandi. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik 2011-2012 yillarda to‘xtab qolgan edi. O‘zbek ofitserlari asosan havo mudofaasiga qarshi mutaxassisligida tahsil oladilar.

© IA "Jaxon"O‘zbekistonlik ofitserlar Rossiyada ta’lim olishadi
Voyennoslujashie armii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik ofitserlar Rossiyada ta’lim olishadi

3. Obamaning "yangi yil sovg‘asi": Rossiya diplomatlari AQShdan chiqarib yuborildi

Payshanba kuni AQSh hukumati Rossiyaning qator fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritilganini e’lon qildi. Rasmiy Vashington ularni Amerika siyosiy institutlariga nisbatan kiberhujumlar uyushtirganlikda aybladi. Bundan tashqari, Vashington Rossiyaning 35 nafar diplomatiga mamlakatni tark etish shartini qo‘ydi va AQSh hududidagi Rossiyaning ikkita diplomatik muassasasini ham yopdi. Diplomatlar va diplomatik muassasalarga "razvedka faoliyati bilan shug‘ullanganlik" ayblovlari qo‘yildi. Obama ularni "josuslar" deb atagan bo‘lsa, davlat departamenti "ularning harakatlari diplomatik yoki konsullik maqomiga ega emas"ligini ma’lum qildi.

Kreml bu xatti-harakatlarni "uch haftadan so‘ng ketishi aniq bo‘lgan kishilarning tajovuzkor akti" hamda AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning yangi ma’muriyatiga zarar yetkazishga urinish, deb baholadi.

4. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini bayram bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini bevosita televidenie orqali shaxsan o‘zi yangi yil bilan tabrikladi. Prezident 2016-yilda mamlakat hayotida yaxshi kunlar, ulkan yutuq va marralar ko‘p bo‘lgani, shu bilan birga og‘ir tashvish va sinovlar ham tushganini, lekin bu sinovlar el-yurtni yanada birlashtirganini bildirdi.

"Biz kirib kelayotgan 2017-yilga "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb nom berdik. Buning negizida "Inson manfaatlari hamma narsadan ulug‘" degan olijanob maqsad va vazifalar yotibdi. Yangi yilda bu boradagi dasturiy vazifalarni amalga oshirishda barchamizning, avvalo, rahbar va yetakchilarning bir jonu bir tan bo‘lib, astoydil mehnat qilishlariga ishonaman", dedi u tabrigida.

5. Pensiyani tezroq olish imkoni paydo bo‘ldi

2017 yil 1-yanvardan pensiyani belgilash uchun murojaat muddatlari qisqartirildi. Yangi tartibga ko‘ra, yosh bo‘yicha pensiya belgilash u bo‘yicha murojaat agar unga huquq paydo bo‘lgandan keyin 60 kundan (avval 3 oy) kech bo‘lmagan muddatda bildirilgan bo‘lsa, pensiya yoshiga erishilgan kundan amalga oshiriladi. Nogironlik bo‘yicha pensiya nogironlik o‘rnatilgan kundan boshlab xuddi yuqoridagidek qoidaga ko‘ra belgilanadi. Qolgan barcha holatlarda pensiya murojaat qilingan kundan boshlab belgilanadigan bo‘ldi.

© Sputnik / Boris Prixodko / Mediabankka o‘tishPensiyani tezroq olish imkoni paydo bo‘ldi
Uzbek - Sputnik O‘zbekiston
Pensiyani tezroq olish imkoni paydo bo‘ldi
6. Tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlari javobgarlikka tortildi

O‘tgan haftada Namangan viloyatida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha vazifalarni bajarmaganlik uchun prokuratura taqdimnomasiga asosan Kosonsoy, Uchqo‘rg‘on va Chortoq tumanlari hokimlari, Kosonsoy, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlari hokimlarining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda 16 nafar fermer xo‘jaligi rahbari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Hammasi bo‘lib 38 nafar mas’ul shaxs qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik xususida rasman ogohlantirildi.

7. Jo‘rabek Murodov Sherali Jo‘rayev bilan bitta sahnada qo‘shiq kuylash niyatini aytdi

Tojikiston xalq artisti Jo‘rabek Murodov Tojikiston xalqiga bildirgan yangi yil tilaklarida, Tojikistonning qo‘shni davlatlar bilan, ayniqsa, O‘zbekiston bilan aloqalari yanada yaqin bo‘lishi haqida ta’kidladi va agarda o‘zaro viza tartibi bekor bo‘lsa birinchi galda, uzoq o‘tmishda bo‘lganidek, eng avvalo o‘ziga yaqin bo‘lgan do‘stlari-hamkasblarinikiga borishi va ular bilan bitta sahnada qo‘shiq kuylashini aytdi. U ayniqsa, Sherali Jo‘rayev bilan birga bir sahnada kuylashiga umid bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0