Mirziyoyev farmoniga ko‘ra akademiklarga har oy 500$ atrofida gonorar beriladi

Obuna bo‘lish
Respublika prezidentining farmoniga ko‘ra, akademiklar har oyda 470 dollar atrofida gonorar olishadi, shuningdek Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi "O‘zbekiston" sanatoriylarida bepul davolanish kurslarini o‘tashi mumkin

TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. 2017 yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolariga 1,5 million so‘m atrofida (O‘zbekiston Markaziy banki kursi bo‘yicha 470 dollarga yaqin) iborat gonorar berila boshlanadi va bu gonorardan daromad solig‘i olinmaydi. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmonida nazarda tutilgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti mahalliy OAVga tayanib.

Xabarda bildirilishicha, O‘zbekiston rahbari tegishli vazirlik va idoralarga bir oy muhlat ichida FA haqiqiy a’zolarini ilmiy-ma’rifiy va ishlab chiqarish jarayonlariga faol jalb qilish, ularning fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirishdagi rolini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni topshirgan.

"Shuningdek, Akademiya a’zolari 1 kishi hamrohligida 1-yilda 1-marta O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tasarrufidagi sog‘lomlashtirish sanatoriylari hamda Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi "O‘zbekiston" sanatoriylarida bepul davolanish kurslarini o‘tashi mumkin", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0