TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Samarqand tumani tibbiy uyushmasi tug‘ruq majmuida faoliyat yurituvchi "Bo‘lg‘usi onalar maktabi"ni yiliga 2 mingga yaqin ayollar ziyorat qilmoqda. Maktab yosh ayollarga o‘z bilimlarini kengaytirishda yordam berib kelyapti, deb xabar qilgan "Samarkandskiy vestnik" nashri.
Xabarda ta’kidlanishicha, maktabda bo‘lajak onalarga tug‘ruq jarayoni hamda homiladorlik vaqtida yuz berishi mumkin bo‘lgan asoratlar, ayollarning to‘g‘ri ovqatlanishi, ko‘krak suti bilan boqishning foydasi va sog‘lom hayot tarzini kechirishning foydali tomonlari haqida to‘liq ma’lumot berib boriladi.
Bu ham hammasi emas. Ma’ruzalar vaqtida bo‘lg‘usi onalar u yoki bu mahsulot qanday vitaminlarga boyligi, homilador ayol bir kunda necha litr suyuqlik iste’mol qilishi kerakligi hamda homiladorlik vaqtida va undan keyin vazn qanday nazorat qilinishi xususida ma’lumotlar bilan tanishtiriladi.
Maktabga tashrif buyuruvchi homilador ayollar shuningdek, gimnastika bilan ham shug‘ullanishlari mumkin. Nashr ushbu mashg‘ulotlar organizm tonusini saqlab turishda yordam berishi haqida aytib o‘tib, maktabda yosh ayollarga tug‘ruq jarayoni boshlanganda og‘riq hissini yengillashtirish metodlari ham o‘rgati0ishini qo‘shimcha qilgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, bu kabi maktablar viloyatdagi oilaviy poliklinikalarida ham faoliyat yuritadi.