TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Braziliyadagi Manaus shahrida joylashgan qamoqxonada ro‘y bergan to‘polonda kamida 50 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Reyter agentligiga tayangan holda.
Amazonasi shtati xavfsizlik xizmati vakili Serxio Fontes so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar soni yana ortishi mumkin.
Qamoqdagi qonli qo‘zg‘olon bir-biriga raqib bo‘lgan ikki guruh o‘rtasida yuz bergan olishu tufayli yuz berganligi aytilmoqda.