Mirziyoyev, Putin va Nazarboyev Yangi yil murojaatida nimalarni esga olishdi?

© Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tish2017 yil otkritkasi
2017 yil otkritkasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turli davlat rahbarlari o‘z xalqini Yangi yil bilan tabriklar ekan bayram nutqida nimalarni esga oldilar va xalqni nimaga da’vat qildilar?

TOShKENT. 2 yanv — Sputnik. O‘zbekiston hayotiga katta o‘zgarishlarni olib kelgan 2016-yil ham ortda qoldi. 31-dekabr kuni intiqlik bilan kutadigan, qariyb oilaviy an’analarimizdan biriga aylangan bir holat — bu albatta, Prezident tabrigidir.

O‘zbekiston tarixida birinchi marta o‘zbek xalqi bayram tabrigini prezidentning o‘zidan eshitdi

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tabrigi bizga televidenie orqali o‘qib eshittirilar edi. O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek xalqini shaxsan tabriklash an’anasini kiritdi. O‘zbekiston xalqi birinchi marta prezident tabrigini diktordan emas, balki davlat rahbarining shaxsan o‘zidan tinglashga muvaffaq bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev 2016-yilda O‘zbekiston hayotida yaxshi kunlar va shu bilan birga og‘ir sinovlar bo‘lganini, ammo o‘zbek xalqi o‘z matonati tufayli qiyinchiliklarni munosib yengib o‘tganini ta’kidladi. "O‘tayotgan yilni dehqon va fermerlarimiz, ishchi va quruvchilar, o‘qituvchi va shifokorlar, jasur harbiylarimiz, olimlar, ijodkor ziyolilar — barcha kasb egalari yorug‘ yuz bilan yakunladilar", deb e’tirof etdi u. Va ayniqsa, o‘zbekistonlik sportchilarning Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarida erishgan beqiyos yutuqlari O‘zbekiston shuhratini butun dunyoga yanada yuksaltirganini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, 2017-yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb nomlangani, buning negizida "Inson manfaatlari hamma narsadan ulug‘" degan olijanob maqsad yotganini qayd etdi. Hamda yangi — 2017-yilning qadami jonajon Vatanimizga qutlug‘ va barakali kelsin, deya tilak bildirdi.

Putin o‘z xalqini "bir oz sehrgar bo‘lishga" chorladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham 2016-yil murakkab kelganini, ammo qiyinchiliklar butun mamlakatni yanada jipslashtirgani va ulkan "imkoniyatlar zaxirasini kashf qilishga" undaganini qayd etdi. "Asosiysi — biz o‘zimizga, o‘z kuchimizga, o‘z davlatimizga ishonamiz. Biz ishlayapmiz, ishlarimiz muvaffaqiyatli kechayapti va ko‘p narsaning uddasidan chiqayapmiz", — dedi Putin.

Rossiya prezidenti shuningdek, Vatan oldidagi burchini ado etayotgan va shu sababli yangi yilni qadrdon uyidan yiroqlarda kutayotgan rossiyaliklarni esladi va ularga eng ezgu tilaklarni bildirib o‘tdi.

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vistupil na torjestvennom priyome v Kremle
Prezident RF V. Putin vistupil na torjestvennom priyome v Kremle - Sputnik O‘zbekiston
Prezident RF V. Putin vistupil na torjestvennom priyome v Kremle

Vladimir Putin Rossiya fuqarolarini Yangi yil oqshomida "bir oz sehrgar" bo‘lishga chorladi. "Buning uchun ota-onaga mehr-muruvvatli bo‘lish, farzandlaringizni yaxshi ko‘rish, oilangizni, hamkasblarini hurmat qilish, do‘stlikni asrash, haqiqat va adolatni himoya qilish hamda qo‘llab-quvvatlashga muhtojlarga yordam berish va mehribon bo‘lish lozim, xolos", dedi Putin.

Donald Tramp eng avvalo o‘z dushmanlariga tabrik yo‘lladi

AQShning yangi saylangan prezidenti o‘zining Tvitterdagi sahifasida Yangi yil tabriknomasini e’lon qildi.Happy New Year to all, including to my many enemies and those who have fought me and lost so badly they just don't know what to do. Love!

​​"Barchani Yangi yil bilan! Shu jumladan, mening ko‘psonli dushmanlarimni ham! Hamda men bilan kurashgan va mag‘lub bo‘lgan, endi esa nima qilarini bilmay o‘tirgan g‘animlarimni tabriklayman!, — deb yozgan Tramp.

Poroshenko o‘z bayram nutqida Rossiya, urush va AQSh sanksiyalari haqida gapirdi

"Aziz vatandoshlar! Ukraina okkupatsiyasi — bu vaqtinchalik. Biz albatta, qayta birlashamiz. Ukraina yagona. Ukrainaga shon-sharaflar ", — deb bayonot qilgan Petr Poroshenko Donbassda harbiylarga yangi yil nutqi bilan murojaat qilib.

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident Ukraini Potr Poroshenko
Prezident Ukraini Potr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Ukraini Potr Poroshenko

Poroshenkoning nutqini tinglovchilar hayqiriqlar va gulduros qarsaklar bilan kutib olganlar.

Eng qizig‘i, Ukraina prezidenti harbiylarni tabriklar ekan, Rossiya, urush va AQSh sanksiyalarini ko‘proq tilga olgan va gapidan ko‘rinib turibdiki, xalqqa sog‘liq va baxt tilash o‘rniga ukrainaliklarni urushga chorlagan.

Qozog‘iston prezidenti 2017-yil mamlakatda yirik xalqaro tadbilar bo‘lib o‘tishini e’lon qildi

"Ostona "EKSPO" ko‘rgazmasida butun koinotdan mehmonlarni qabul qiladi, bundan tashqari BMT Xavfsizlik kengashidagi doimiy bo‘lmagan a’zolik vazifalarini bajara boshlashini ma’lum qildi.

© Sputnik / Mikhail VoskresenskiyPrezident Kazaxstan Nursultan Nazarbayev
Prezident Kazaxstan Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Kazaxstan Nursultan Nazarbayev

"Bu tuzilma global tinchlik va xavfsizlik uchun javob beradi — bularning barchasi Qozog‘iston va har birimiz uchun muhimdir" — deya ta’kidladi Nazarboyev o‘z bayram nutqida.

Olland millatchilik xavfi bosh ko‘tarayotganini ta’kidladi

Fransiya prezidenti Fransua Olland o‘zining yangi yil oldidagi murojaatida mamlakatda millatchilik xavfi bosh ko‘tarayotgani haqida bayonot qildi. Aytish joizki, joriy yilda Ollandning prezidentlik vakolati o‘z nihoyasiga yetadi, shu bois u so‘nggi bor Fransiya xalqini Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

Tarixda shunday davrlar bo‘ladiki, hammasi fojeaviy tarzda o‘zgarib ketishi mumkin. Hozir biz ana shunday davrlarning biridamiz", — deya ta’kidladi Olland.

Yangiliklar lentasi
0