TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Chegarachilarga yangi uylar topshirildi, deb xabar qilmoqda Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimligi, mas’ul idoralar, jamoatchilik vakillari, faxriylar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, ota-onalari ishtirok etdi, deyilgan xabarda.
"Milliy armiyamizni modernizatsiyalash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash barobarida, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun zamonaviy sharoitlar yaratib berilmoqda, — deydi yangi uyga ega bo‘lgan harbiy xizmatchi B. Xolmirazayev. — Bunga javoban yanada fidoyilik bilan xizmat qilib, Vatanimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligini saqlash yo‘lida bor kuch-g‘ayratimizni ishga solamiz".
Ta’kidlanishicha, To‘rtko‘l mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilib, foydalanishga topshirilgan 6 ta uch xonali xonadonlarda har tomonlama qulay sharoit yaratilgan.