O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida bitim imzolandi

© MID UzbekistanaO‘zbekiston TIV binosi
O‘zbekiston TIV binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bitim Germaniya Federativ Respublikasi hukumatining O‘zbekistonga texnik ko‘mak ko‘rsatishini nazarda tutadi

TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. 2016-yilning 31-dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida "Ekotizimli yondashuv asosida yerdan foydalanish va Amudaryo quyi oqimida ekotizimni saqlash" loyihasini amalga oshirish maqsadida texnik hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi, deb xabar qilingan O‘zbekiston TIV rasmiy saytida.

Ta’kidlanishicha, ushbu bitim GFR Hukumatining O‘zbekistonga texnik ko‘mak ko‘rsatishini nazarda tutib, uning maqsadi iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish chora-tadbirlariga ko‘maklashish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasida iqlimni himoya qilish va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish hisoblanadi.

Mazkur Bitimning 9-moddasiga binoan hujjat 2016-yil 31-dekabrdan kuchga kirdi.

Yangiliklar lentasi
0