TOShKENT, 31 dek — Sputnik. O‘zbekiston Xususiylashtirish va monopoliyadan chiqarish qo‘mitasi va Indoneziyaning Indorama xalqaro korporatsiyasi Indorama Kokand Fertilizers qo‘shma-korxonasi tashkil qilish haqida shartnoma imzolashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Xususiylashtirish va monopoliyadan chiqarish qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Qo‘qon superfosfat zavodi asosida qurilayotgan yangi korxona eng zamonaviy texnologiyalar asosida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaradi.
Korxonada o‘rnatiladigan yangi uskunalar yordamida, oldin respublikada ishlab chiqarilmagan — fosfat dikalsiyi, kaliy sulfati va achchiq-azot kaliysi kabi o‘g‘it turlari ishlab chiqarish imkoni paydo bo‘ladi.
Ushbu qo‘shma korxonada chet el investitsiyalari miqdori 75% ni tashkil qiladi. Kiritilayotgan investitsiyalar miqdori 80 mln dollarni tashkil qiladi. Loyiha yaqin 5-yil ichida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu yilning yanvar-sentabr oyida chet el investitsiyalari yordamida 370 ta yangi korxona tashkil qilingan. Ulardan 180 tasi savdo-sotiq sohasida, 64tasi qurilish sohasida, 28 — tasi turli xizmatlar sohasida, 15ta — qishloq xo‘jaligi sohasida, 12 ta — aloqa va axborot texnikasi sohasida.
2016 yilning oktabr oyida respublika bo‘ylab chet el sarmoyalari yordamida tashkil etilgan korxonalar umumiy soni 5 mingtaga yetdi.