TOShKENT, 31 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinda imzolagan 2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim muassassalari tizimiri rivojlantirish dasturiga asosan namunali loyihalar bo‘yicha 50 ta yangi bog‘cha qurish va mavjud bog‘chalarni kapital ta’mirlash uchun 2,2 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.
Yangi dasturda 70 va 120 o‘ringa mo‘ljallangan bog‘chalar qurilishi rejalashtirilgan. Hukumat "ToshuyjoyLITI" tashkilotiga ana shunday bog‘chalar qurish namunaviy loyihasini ishlab chiqishni topshirdi. Namunali loyihalar hududlarning iqlim sharoiti va ushbu sohadagi chet mamlakatlar tajribasini hisobga olishi kerak. Umumiy hisobda yaqin 5-yil ichida 50 ta yangi bog‘cha qurish rejalashtirilgan.
Ushbu choralar va rejalashtirilgan mavjud bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish yordamida respublikdagi bog‘cha o‘rinlari soni 1,5 baravarga oshishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, oxirgi yillar davomida O‘zbekistonda 459ta maktabgacha ta’lim muassasasi ta’mirlanib qaytadan jihozlangan edi.