Dunyo davlatlari rahbarlari Mirziyoyevni Yangi yil bilan qutlashmoqda

© IA "Jaxon"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yil kirib kelishi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari va jamoat arboblaridan Prezident va O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar izhor etilgan samimiy qutlovlar kelmoqda

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. 2017 yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, kompaniyalar rahbarlari va jamoat arboblaridan. Ilgariroq nashrimizda Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Qirg‘iziston rahbari Almazbek Atambayevning maktubini e’lon qilgan edik.

Qutlovlarda Prezident va O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar izhor etilgan, deb xabar qiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan: 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti — Vladimir Putin

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi — Dmitriy Medvedev

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti — Nursulton Nazarboyev

Turkmaniston Prezidenti — Gurbanguli Berdimuhamedov

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti — Almazbek Atambayev

Tojikiston Respublikasi Prezidenti — Emomali Rahmon

Belarus Respublikasi Prezidenti — Aleksandr Lukashenko

Armaniston Respublikasi Prezidenti — Serj Sargsan

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti — Ashraf G‘ani

Ispaniya Qiroli — Felipe VI

Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti — Yoaxim Gauk

Buyuk Britaniya Bosh vaziri — Tereza Mey

Polsha Respublikasi Prezidenti — Anjey Duda

Islandiya Prezidenti — Gvudni Torlasiyus Youxannesson

Kuvayt Davlati Amiri — Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh

Mo‘g‘uliston Prezidenti — Saxiagiyn Elbegdorj

Yangi Zelandiya General-gubernatori — Petsi Reddi

MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi — Ijrochi kotibi — Sergey Lebedev

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti — Tomas Bax

Lotte Group kompaniyasi prezidenti — Shin Dong Bin

G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori —Viktor Grishin

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy vakili — Stefan Prisner

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0