TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Rossiyaning "Krasnodar" klubi Xitoyning "Shanxay SIPG" klubi bilan O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedovning transferi borasidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda "Krasnodar" FK rasmiy sayti e’lon qildi.
Kelishuv narxi haqida ma’lumot berilmadi.
"Krasnodar" muxlislari o‘rta chiziqning istalgan nuqtasida aqlli, tartibli va har bir o‘yinda bor kuchini berib o‘ynashi bois Ahmedovni yaxshi ko‘rishardi.
"Krasnodar" FK jamoasi ikki yarim yillik sifatli mehnati uchun Odilga minnatdorlik bildiradi va Xitoydagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi", — deyiladi klub rasmiy saytida.
"Shanxay SIPG" klubida braziliyalik Xalk va Oskar kabi futbolchilar to‘p suradi. Jamoa bosh murabbiyi esa portugaliyalik Andre Villash-Boashdir.