O‘zbekistonda yangi yil kuni havo iliq bo‘ladi

© Sputnik / StringerToshkentda yangi yil
Toshkentda yangi yil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda yangi yil kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi va havo harorati 12 daraja iliq bo‘ladi

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. O‘zbekistonda yangi yil bayrami kuni havo iliq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda "O‘zgidromet".

Respublikaning aksariyat hududlarida havo harorati 10 darajadan yuqori bo‘ladi.

Toshkentda havo harorati 12 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik va tuman bo‘lishi mumkin, lekin havo besh darajagacha iliq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0