O‘zbekiston jurnalistlari yangi raisga ega bo‘lishdi

© Sputnik / StringerJurnalist O‘zbekistondagi saylov jarayonini yoritmoqda
Jurnalist O‘zbekistondagi saylov jarayonini yoritmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hakimov oldiga ommaviy axborot vositalarini tom ma’noda xalq minbariga aylantirish, soha xodimlarining faoliyatiga zamonaviy jurnalistikaning yangi uslub va usullarini joriy etish kabi vazifalar qo‘yilgan

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining navbatdan tashqari konferensiyasida uyushmaning yangi raisi saylandi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sa’dulla Hakimov O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi etib saylandi. 90-yillar o‘rtalarida u Prezident Islom Karimov ma’muriyatida axborot yo‘nalishi uchun mas’ul bo‘lgan, 2010-yilda "O‘zbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasining bosh muharriri etib tayinlangan.

2014 yilda Hakimov muharrirlikdan bo‘shagan, mish-mishlarga qaraganda, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ko‘rsatmasiga binoan lavozimidan ozod etilgan.

Hakimov oldiga ommaviy axborot vositalarini tom ma’noda xalq minbariga aylantirish, soha xodimlarining faoliyatiga zamonaviy jurnalistikaning yangi uslub va usullarini joriy etish, hududiy OAVda ishlayotgan xodimlarning milliy media makondagi faolligini oshirish, jurnalistlarning xalqaro miqyosda o‘zaro fikr va tajriba almashish imkoniyatlarini tobora kengaytirish, uyushma qoshidagi ijodiy kengashlar faoliyatini yanada jonlantirish vazifalari qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0