Tu-154 fojeasi qurbonlari qarindoshlari kreditlardan ozod qilinadi

© MChS RF / Mediabankka o‘tishTu-154 qutqaruv operatsiyasi
Tu-154 qutqaruv operatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya transport vaziri, aytishiga qaraganda Tu-154 fojeasi qurbonlariga davlat tomonidan yordam puli to‘lash boshlandi va ularning qarindoshlari olgan kreditlardan ozod qilinadi.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. 18 qutqaruv kemasi va 50dan g‘avvoslar Qora dengiz hududida halokatga uchragan Tu-154 qoldiqlari va qurbonlarni qidirishda davom etmoqda, dedi qutqaruv operatsiyasi rahbari Rossiya Transport vaziri Maksim Sokolov jurnalistlarga.    

"Undan tashqari, 28-dekabrda qurbonlar qarindoshlariga yordam puli to‘lash boshlandi. Moskvadagi VTB va Sberbank bo‘limlari ushbu ish bilan bayram kunlari shug‘ullanadi. Shuningdek, qurbon bo‘lganlarning qarindoshlarini kreditlardan ozod qilish haqida qaror qabul qilingan", — dedi transport vaziri.

Vazir matbuot-anjumaniga to‘plangan jurnalistlarga, norasmiy manbaalardan olingan ma’lumotlarni tarqatmaslikni va qidiruv ishlari yakuniga yetmasdan, turli fojea sabablarini e’lon qilmaslikni so‘radi.

Yangiliklar lentasi
0