O‘zbekistonda 2-yanvar dam olish kuni deb e’lon qilindi

© myday.uzToshkentdagi Yangi yil archasi
Toshkentdagi Yangi yil archasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 2-yanvarni dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida farmoyish e’lon qildi

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida 2017-yil 2-yanvarni dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi e’lon qilindi.

"Fuqarolar va respublika jamoat tashkilotlarining ko‘plab murojaatlarini hisobga olib, dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida hamda yangi 2017-yil nishonlanishi munosabati bilan: 2017-yil 2-yanvar – dushanba dam olish kuni deb e’lon qilinsin", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0