Rossiyada barcha Tu-154 samolyotlari parvozi vaqtincha to‘xtatildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishSamolet Tu-154
Samolet Tu-154 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parvozlar maxsus komissiyaning dastlabki xulosasi chiqquniga qadar to‘xtatildi

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Qora dengiz ustida yuz bergan halokat sabablari aniqlanguniga qadar barcha turdagi Tu-154 samolyotlarining parvozi vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Rossiya Qurolli kuchlari aviatsiya parvozlari xavfsizligi xizmati rahbari general-leytenant Sergey Baynetovga asoslanib.

"Komissiyaning dastlabki xulosalari chiqquniga qadar bu turdagi samolyotlarning parvozi vaqtinchalik to‘xtatildi", — dedi u.

O‘tgan juma kuni Rossiya Mudofaa vazirligiga tegishli bo‘lgan Tu-154 samolyoti halokatga uchradi. Rossiyadan Suriyaga yo‘l olgan samolyot bortida 92 yo‘lovchi bo‘lib, ular orasida Aleksandrov nomli orkestr artistlari, 9 nafar jurnalist va 8 ekipaj a’zosi bor edi. Halokatda hech kim omon qolmagani ma’lum bo‘ldi. Qidiruv operatsiyalari chog‘ida samolyotning qora qutilari dengiz tubidan tortib olinib, ulardagi yozuvlarni o‘rganish uchun Moskvaga jo‘natildi.

Yangiliklar lentasi
0