FVV Qamchiq dovonida ob-havo keskin yomonlashishi haqida ogohlantirdi

© Sputnik / StringerQamchiq dovoni
Qamchiq dovoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qalin tuman tushib, shamol tezligi kuchayishi kutilmoqda

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilarni Qamchiq dovoni hududida ob-havo sharoiti keskin yomonlashishi kutilayotgani haqida ogohlantirdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Vazirlikning bildirishicha, bugun, 29-dekabr kuni Qamchiq dovonida vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda, havo harorati 6 darajagacha sovib ketadi.

"Tuman natijasida ko‘rish darajasi 50-100 metrgacha yomonlashishi mumkin, shamol tezligi soniyasiga 20 metrgacha kuchayadi", — deyiladi FVVning SMS orqali jo‘natgan xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Qamchiq dovoni orqali Farg‘ona vodiysini O‘zbekistonning boshqa hududlari bilan bog‘laydigan yagona avtomobil yo‘li o‘tadi. Qulay ob-havo sharoitida Qamchiq dovoni orqali sutkasiga 21 mingdan ortiq mashina o‘tadi.

Murakkab relyef sababli bu yerda ayniqsa qishda avtohalokatlar sodir bo‘lib turadi. Keyingi yarim yilda bu yerda avtohalokat oqibatida olti kishi halok bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0