TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Osiyo boks konfederatsiyasi Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi Shahram G‘iyosovni "Yil kashfiyoti" deb e’lon qildi. Bu haqda konfederatsiyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.
Osiyo boks konfederatsiyasi (ASBC) 2016-yil sarhisobini qilib, turli nominatsiyalarda qit’aning eng yaxshi bokschilarini ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ovoz berish yo‘li orqali aniqladi.
Shahram G‘iyosovga foydalanuvchilarning 23,3%i ovoz bergan.
O‘zbekistonlik yana bir bokschi Jasurbek Latipov esa AIBA Pro Boxing (APB) yo‘nalishi bo‘yicha 2016-yilning eng yaxshi bokschisi deb tan olindi.