TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyevga, bir necha yil oldin Atambayevning akasini topishda bergan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi, deb xabar qilmoqda ON1 telekanali.
“Sobiq Ittifoq tarqalib ketganidan keyin mening akam O‘zbekistonga ko‘chib o‘tib, kichik shaharchada oddiy o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Bilasizmi men uni 14-yil ko‘rmagan edim”, — dedi Atambayev 24-dekabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.
“Men rahmatli akamni esga olganimda, unga kim yordam berganini ham eslayman. O‘shanda, uzoq yillar ko‘rmagan akamni, aynan siz Toshkentdagi mehmonxonaga olib kelgan edingiz. Aynan siz unga yordam bergan edingiz, chunki u O‘zbekiston fuqarosi edi”, — dedi Qirg‘iziston prezidenti.
O‘shanda, 2007-yilda, ikkala prezidentlar ham o‘z mamlakatlarining bosh vazirlari lavozimida ishlagan vaqtlar edi.
“Men doimo, bizning mamlakatlarimiz orasida haqiqiy aka-ukachilik munosabatlari va haqiqiy do‘stlik bo‘lishi kerak, deganman”, - dedi Atambayev so‘zining davomida.
Eslatib o‘tamir, 24-dekabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev shavkat Mirziyoyev taklifi bilan O‘zbekistonga ishchi tashrif buyurdi. O‘z tashrifining boshida Atambayev Samarqandda bo‘li Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi.
Shundan keyin prezidentlar ikki mamlakat orasida mavjud bo‘lgan dolzarb masalalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishdi. Mavzular orasida chegara havfsizligi hamda savdo-iqtisodiy munosabatlar bor edi. Shuningdek O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoyni bog‘lab turuvchi transport magistrallari haqida ham so‘z yuritildi.