Alisher Usmonov: O‘zbekistonga investor sifatida taklif qilishsa - albatta boraman

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishAlisher Usmonov
Alisher Usmonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Alisher Usmonov Rossiya solq rezidentligini faqat O‘zbekiston soliq rezidentliga almashtirishi mumkinligini aytdi.

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov "Rossiya 24"  telekanaliga bergan intervyusida O‘zbekiston haqida to‘xtalib o‘tdi, RIA Novosti "Rossiya 24"  telekanali intervyusi asosida.     

Jurnalist bilan bo‘lgan suhbatda Alisher Usmonov Rossiya soliq rezidentligidan chiqish sabablarini aytib o‘tdi. Xususan, u Xalqaro Qilichbozlik federatsiyasi rahbari lavozimida vakolati yakunlanganidan keyin Rossiya soliq rezidentligiga qaytishini ma’lum qildi. OAVda keng tarqalgan, soliq rezidentligidan chiqqishi bilan bog‘liq boshqa xabarlarning barchasini — uydirma dedi.

Alisher Usmonovning so‘zlariga ko‘ra, u hozir "xalqaro xizmat safarida bo‘lgan, Rossiya soliq rezidenti". Xalqaro Qilichbozlik federatsiyasi (FIE) direktori sifatida, federatsiya talabiga ko‘ra uning bosh ofisi joylashgan mamlakatda yashashga majbur.  

Shu bilan bir vaqtda, Usmonov o‘z fuqarolik burchini to‘liq bajarayotganini va uning xayriya xarajatlari daromad soliqlaridan bir necha marta ko‘pligini ham aytib o‘tdi.

"Men Rossiya solq rezidentligini faqat bir mamlakat soliq rezidentligiga almashtirishim mumkin — bu O‘zbekiston… Qilichbozlik federatsiyasidagi vakolatim tugaganidan keyin Rossiya soliq rezidentligiga qaytaman, agar tug‘ilib o‘sgan vatanimga chaqirib qolishmasa", — deb qo‘shimcha qildi Alisher Usmonov suhbat davomida.

32:10 Muxbir: Siz tug‘ilib o‘sgan mamlakat haqida gapirsak, yaqinda O‘zbekistonda yangi prezident saylandi. Nima deb o‘ylaysiz, buning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga ta’siri qanday bo‘ladi?

Men juda ijobiy deb o‘ylayman… Yangi saylangan prezident ulkan boshqarish va davlat ishlari olib borish tajribasiga ega. Menimcha, har qanday muammoni hal qilish u kishining qo‘lidan keladi.

Men ko‘p marta aytganman, men o‘zbekligimdan mag‘rurlanaman. Men O‘zbekiston mening ona yerim ekanligidan mag‘rurlanaman. Men har doim, har daqiqada, O‘zbekiston uchun, O‘zbekiston rahbariyati uchun qo‘limdan kelgan hama ishni qilishga tayyorman. Men O‘zbekiston xalqiga va prezidentiga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

33:20 Siz o‘zingiz ushbu mamlakatga sarmoyalar hajmini oshirishni istamaysizmi?

Bilasizmi, chaqirilgan joyga borsang yaxshi. Men har doim meni taklif qilishgan joyga boraman. Ungacha esa — faqat qo‘limdan kelgan yordamni berib turishim mumkin. Men albatta sarmoya qilishni istayman, shunday rejalarim bor. Hech bo‘lmasa Moskvadagidek xayriya fondi ochish istagim bor. Buni albatta amalga oshirishim kerak. Men buning uchun ruxsat so‘rashga qaror qilganman.

34:01 Iqtisodga sarmoya kiritishni istamaysizmi?

Bu butunlay boshqa mavzu, alohida hisob-kitob talab qiladigan ishlar, lekin, men doimo tayyorman.

To‘liq intervyu bilan qo‘yida tanishiningiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, kelib chiqishi O‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonov dunyoda muvaffaqiyatli sarmoyador sifatida tanilgan. Usmonov bir necha bor Rossiyaning eng boy fuqarosi bo‘lgan, dunyoning eng bor fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Oxirgi bir necha yil davomida Usmonov Rossiyaning eng saxovatli kishisi unvoniga ham sazovor bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0