O‘ho‘! Yetti kunning eng muhim 7 xabari

Obuna bo‘lish
2016 yilning so‘nggi oyi so‘nggi haftasi ham yakuniga yetish arafasida. Shiddat bilan o‘tayotgan har bir kunimiz hayratga soluvchi biror xabar bilan yodda qolmoqda. Xo‘sh, dekabrning o‘tgan haftasi bizni qanday xabarlar hayratga soldi?

1. Narxi ikki baravarga arzonlashadigan namunaviy uylar

O‘tgan haftada o‘zbekistonliklarning xursandchiligiga sabab bo‘ladigan eng quvonchli xabar bu namunaviy uylarning narxi hozirgidan ikki baravarga arzonlashishi bo‘ldi. "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi vakilining aytishicha, agarda 2016-yilda uch xonali yoki besh xonali namunaviy uylarning narxi 175 milliondan 214 million so‘mgachani tashkil etgan bo‘lsa, yangi namunadagi uylarning narxi 85 milliondan 170 million so‘mgacha bo‘ladi.

Bu uylar uchun ipoteka kreditlari 15-yilga uch yillik imtiyozli muddat bilan va dastlabki besh yil davomida 7%lik foiz stavkasi bilan beriladi. Keyingi yillarda foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydi. Bu uylarni sotib olish uchun dastlabki to‘lov 15%ni tashkil etadi.
Zamonaviy, shinam va qulay, asosiysi, narxi kishini seskantirmaydigan uylarni sotib olish hammaga nasib etishini tilaymiz.

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishO‘zbekistonda namunaviy uylar narxi ikki baravarga arzonlashadi
Ctroitelstvo domov po tipovomu proyektu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda namunaviy uylar narxi ikki baravarga arzonlashadi
2. Atambayevning O‘zbekistonga tashrifi

O‘tgan haftaning eng muhim yangiliklaridan biri, bu Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga tashrifi bo‘ldi. Rasmiy tashrif bilan Samarqandga kelgan Qirg‘iziston prezidenti Hazrati Xizr majmuiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi va uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shundan so‘ng, Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonning yangi rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi masalalar yuzasidan muzokara o‘tkazdi. Muzokaralarda ikki davlat rahbarlari siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama etib, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik qator muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Atambayev O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomashinalarga qiziqish bildirdi. Shavkat Mirziyoyev esa o‘zi ham dam olish kunlari aynan o‘zbek avtomobilidan foydalanishini aytdi.

© Press-slujba prezidenta KirgizstanaAlmazbek Atambayevning O‘zbekistonga tashrifi
Prezidenti Uzbekistana i Kirgizstana Shavkat Mirziyoyev i Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga tashrifi
3. Rossiya Mudofaa vazirligining samolyoti Qora dengizga qulab tushdi

O‘tgan juma kuni jahon afkor ommasini larzaga solgan xabar tarqaldi. Rossiya Mudofaa vazirligiga tegishli bo‘lgan, ertalab radarlardan yo‘qolib qolgan Tu-154 samolyoti halokatga uchragani ma’lum bo‘ldi. Rossiyadan Suriyaga yo‘l olgan samolyot bortida 92 yo‘lovchi bo‘lib, ular orasida Aleksandrov nomli orkestr artistlari, 9 nafar jurnalist va 8 ekipaj a’zosi bor edi.Halokatda hech kim omon qolmagani ma’lum bo‘ldi. Qidiruv operatsiyalari chog‘ida samolyotning qora qutilari dengiz tubidan tortib olinib, ulardagi yozuvlarni o‘rganish uchun Moskvaga jo‘natildi. Samolyot halokati bilan bog‘liq dastlabki tafsilot ham paydo bo‘ldi.

© Sputnik / Yuriy Streles / Mediabankka o‘tishSochidan parvoz qilgan Tu-154 samolyoti halokatga uchradi
Samolet Tu-154M, avariyno sevshiy v Komi, otremontirovan v Samare - Sputnik O‘zbekiston
Sochidan parvoz qilgan Tu-154 samolyoti halokatga uchradi
4. O‘zbek armiyasiga chaqiruv yangi qoidalar asosida o‘tadi

Endilikda o‘zbek armiyasi safidan o‘rin olish uchun xizmatga chaqirilayotgan yoshlar mamlakat tarixi, matematika, ona tili va adabiyotidan test topshiriqlarini yechishlari kerak bo‘ladi.

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan chaqiriluvchilar tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha sinovlar 25-sentabrdan kelgusi yilning 15-yanvarigacha mudofaa organlari tomonidan, ularning bilim darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari esa 10-oktabrdan kelgusi yilning 15-yanvarigacha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

Tanlov ishtirokchilari test topshiriqlarini bajarib bo‘lishgach, Davlat test markazi ularning javoblari asosida o‘rtacha ballni chiqaradi va bu armiya safidan o‘rin olishning o‘ziga xos plankasi sifatida xizmat qiladi. O‘rta balldan yuqori ball olganlar xizmatga ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Yangi tartib Markaziy Osiyoda eng qudratli deb tan olingan O‘zbekiston armiyasining yanada takomillashishiga xizmat qiladi deb ishonamiz.

© IA "Jaxon"Armiyaga yangicha tartib asosida qabul qilinadi
Voyennoslujashie armii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Armiyaga yangicha tartib asosida qabul qilinadi
5. Toshkent viloyatida yashirin qimorxona topildi

Militsiya xodimining qimorxona tashkil etganini eshitganmisiz? Afsuski, shunaqasi ham bo‘larkan. Toshkent viloyati hududida O‘zbekiston MXX xodimlari tomonidan yashirin qimorxona tashkil qilgan jinoiy guruh faoliyati to‘xtatildi. Xabarga ko‘ra, qimorxona tashkil etilgan uy egasi militsiya serjanti, IIV Qo‘riqlash bo‘linmasi komendaturasi xodimi bo‘lib, o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida ushbu uyda Toshkent viloyatining 21 nafar fuqarosi qo‘lga olindi. Ular orasida oldin bir necha marta sudlangan fuqarolar ham bor.

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishToshkent viloyatida yashirin qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi
Sportivniy poker v shkole pokera PokerMoscow - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida yashirin qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi
6. "ID" "Rossiyaning otib o‘ldiriladigan diplomatlari ro‘yxati"ni e’lon qildi

Ma’lumki, 19-dekabr kuni Turkiya poytaxti Anqara shahrida Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov terrorchi tomonidan otib o‘ldirilgandi.
Mazkur fojiadan keyin endigina o‘ziga kelayotgan diplomatlar navbatdagi xabarga duch kelishdi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi Rossiyaning xorijda joylashgan diplomatik vakolatxonalariga hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu bois, Rossiya Federatsiya Kengashi vitse-spikeri Ilyas Umaxanov xorijdagi vakolatxonalar xavfsizligini kuchaytirishga chaqirdi. "Ayni vaqtda "ID" va boshqa terrorchilik uyushmalari "otuvga hukm qilingan diplomatlar ro‘yxatini" tayyorlashayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bunday tajriba o‘z vaqtida Kavkazda boshimizdan o‘tgan. Balki bu xabar haqiqatdan yiroqdir, ammo men xalqaro va mudofaa qo‘mitalariga bizning diplomatik vakolatxonalarimiz, vakolatxonalar xodimlari va ularning oila-a’zolari xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha protokol topshirig‘ini berishni taklif qilaman", deb aytgan Umaxanov Rossiya Federatsiyasi kengashi majlisida.

7. Rahmon O‘zbekiston bilan munosabatlar yaxshilanishini qo‘llab-quvvatlaydi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Rustam Azimov Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Emomali Rahmon "Tojikiston temir yo‘l uchastkalarini tiklash, temir yo‘lda yuk tashish tariflarini pasaytirish, elektr energiyasi import va eksportini qayta yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jalik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, viza tizimini bekor qilish va soddalashtirish hamda chegara masalalari borasidagi munosabatlarni yaxshilash tarafdori" ekanligini bildirdi.

Tomonlar iqtisodiyot, savdo, transport va kommunikatsiya, suv, energetika, madaniyat, chegaralar muhofazasi bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari haqida fikr almashdilar hamda mazkur sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish borasida o‘z takliflarini bildirdilar. Uchrashuv davomida mintaqa va jahondagi harbiy-siyosiy vaziyat, terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi va boshqa transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha ham fikr almashildi.

© ofitsialnaya stranitsa press-slujbi prezidenta RT / Mediabankka o‘tishRustam Azimov Tojikistonga rasmiy tashrif bilan keldi
Vstrecha Emomali Raxmona s premyer-ministrom Uzbekistana Rustamom Azimovim - Sputnik O‘zbekiston
Rustam Azimov Tojikistonga rasmiy tashrif bilan keldi

 

Yangiliklar lentasi
0