Toshkent viloyatida yashirin qimorxona topildi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishKarta o‘yini
Karta o‘yini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyati hududida O‘zbekiston MXX xodimlari tomonidan yashirin qimorxona tashkil qilgan jinoiy guruh faoliyati to‘xtatildi.

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Huquqni saqlash organlari, olingan operativ xabar asosida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Qo‘shog‘och qishlog‘idagi xususiy uylarning birida yashirish qimorxona faoliyatini to‘xtatdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.  

"Uy egasi 30 yoshli militsiya serjanti, IIV Qo‘riqlash bo‘linmasi komendaturasi xodimi  Sardor Xoldorov bo‘lib chiqdi. O‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida ushbu uyda Toshkent viloyatining 21 nafar fuqarosi qo‘lga olindi. Ular orasida oldin bir necha marta sudlangan fuqarolar ham bor", — deyilgan xabarda.

Jamlangan materiallar asosida, Toshket viloyat prokuraturasi Sardor Xoldorov, Dilshod Kamalov va Akrom Abduqodirovlarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 278 bandi (Qimor o‘yini tashkil qilish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atib, ularni 7-yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Jinoiy guruhning boshqa a’zolari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Yashirin qimorxonadan 2 ming dollar va salkam 15 million so‘m davlat hisobiga musodara qilindi.

Yangiliklar lentasi
0