Sputnik MDH va Boltiqbo‘yi bo‘ylab qishgi sayohatga taklif qiladi

© Sputnik / Yuriy Kaver / Mediabankka o‘tishSuzdal, troyka
Suzdal, troyka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik axborot agentligi ishlab chiqqan “Sputnik bilan sahoat qil” qishgi mavzuyiy sayrnoma bilan tanishing. Ushbu sayrnomada MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlarida mavjud bo‘lgan eng qiziq joylar, eng mazali taomlar va qiziqarli urf-odatlar hamda qishgi dam olish va sport maskanlari haqida ma’lumotlar joylashtirilgan.

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Sputnik — xalqaro axborot agentligi va radiosi, Yangi yil ta’tili arafasida MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari bo‘ylab multimediali sayrnoma ishlab chiqdi.

“Sputnik  bilan sayohat qil” mavzuyiy sayrnoma o‘quvchilarga 14 yaqin chet el mamlakatlari bo‘ylab qishgi sayohatga taklif qiladi. Bizning multmimediali, ya’ni matn, foto va video materiallardan iborat bo‘lgan, sayrnomamizda ushbu mamlakatlarda mavjud bo‘lgan eng qiziq joylar va urf-odatlar, eng mazali taomlar hamda qishgi dam olish va sport maskanlari haqida so‘zlab berilgan.

Shuningdek, sayrnomada sizga kerak bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar: aviachipta, mehmonxona va transport xizmatlari narxlari, Yangi yil tadbirlari jadvali, restoranlarda ovqatlanish va  ko‘ngilochar tadbirlar narxlari ham keltirilgan.

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishOmskda o‘tkazilgan qishgi marafon
25-y Rojdestvenskiy polumarafon v Omske - Sputnik O‘zbekiston
Omskda o‘tkazilgan qishgi marafon
O‘zbekistonda sayyohlarga mashhur qadimiy shaharlar Samarqand va Buxoro tarixiy obidalari bilan bir qatorda “O‘zbekiston Shveysariyasi” bo‘lgan — Chimon tog‘lariga tashrif buyurib, u yerda qish mavsumining gashtini surish taklif etiladi.

Yaqin chet elmamlakatlari bo‘lgan Armaniston, Estoniya, Abxaziya, Qozog‘iston, Belorus, Moldova, Latviya, Gruziya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Litva, Tojikiston va Janubiy Osetiyaga  sayohat qilmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar esa – Sputnik multimediali sayrnomasi yordamida o‘z rejalarini amalga oshirishlari mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0