Samarqandda 243ta korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

© Sputnik / StringerSamarqanddagi ko‘cha.
Samarqanddagi ko‘cha. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan O‘zbekistonda "Yong‘in xavfsizligi kunlari" o‘tkazilmoqda

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Samarqand shahar IIB YoXB xodimlari "Yong‘in xavfsizligi kunlari" doirasida joylarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, deb xabar qilmoqda Zarafshon nashri.

"Tekshiruvlar jarayonida yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan 243 ta korxona, tashkilot va muassasalarning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. 10 mingdan ortiq nosoz gaz va elektr isitish asboblaridan foydalanish holatlari aniqlanib, bartaraf etildi", — deyiladi xabarda.

Nashrda qo‘shimcha qilinishicha, joriy yilning 26-noyabr kuni Kattaqo‘rg‘on shahri, Istiqlol ko‘chasidagi xonadonlarning birida yong‘in kelib chiqdi. Aniqlanishicha, xonadondagi isitish pechidan sizib chiqqan gaz yong‘inga sabab bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan shahar IIB YoXB yong‘inning oldini olish guruhi o‘t o‘chiruvchilari ofatni bartaraf etishdi. Ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan ushbu noxush hodisa oqibatida xonadon sohibi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0