Dushanbeda O‘zbekiston-Tojikiston davlatlararo komissiyalar uchrashuvi boshlanmoqda

Obuna bo‘lish
Rustam Azimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Emomali rahmon tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Bugun Tojikiston poytaxtida O‘zbekiston va Tojikiston davlatlararo komissiyalari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

O‘zbekistonning Dushanbedagi elchisi Shoqosim Shoislamov xabar berishiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiya tarkibiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari, Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar vaziri o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari, Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari va boshqalar kirgan.   

O‘zbekiston komissiyasi raisi Rustam Azimov, Tojikiston komissiyasi raisi esa – bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Davlatali Said boshchilik qilmoqda.

Komissiyalar o‘zaro savdoda ishtirok etayotgan sanoat mahsulotlari hajmini va turini oshirish, o‘zga mamlakat hududida talabgir bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qo‘shma korxonalar tashkil qilish, transport-kommunikatsiya sohada, bojxona xizmatlari va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.  

Undan tashqari, komissiyalar kun tartibida ikki mamlakat orasidagi viza tartibini yengillashtirish ham kiritilgan. Ushbu yilning noyabr oyida O‘zbekiston va Tojikiston 2017-yilda Toshkent va Dushanbe orasidi aviaqatnov yo‘lga qo‘yishga kelishib olishgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0