O‘zbekistonlik yosh tadbirkorlar "Vimpelkom" kubogi uchun bellashadilar

© Press-slujba "Vimpelkom"O‘zbekistonlik yosh tadbirkor loyihasini taqdim etmoqda
O‘zbekistonlik yosh tadbirkor loyihasini taqdim etmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Vimpelkom" kompaniyasining "Yevrosiyo mobil kubogi" uchun har bir mamlakatdan uchtadan – jami 24 jamoa kurash olib boradi

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. "Vimpelkom" 27-dekabr kuni "Yevrosiyo mobil kubogi" (Eurasia Mobile Challenge) finalchilarini e’lon qildi.

Barselonada bo‘lib o‘tadigan Mobile World Challenge — 2017 tanlovida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun 24 jamoa kurash olib boradi.

"Vimpelkom" ("Bilayn" brendi) OAJ 2017-yilning 24-25 yanvar kunlari Yerevan shahrida bo‘lib o‘tadigan "Yevrosiyo mobil kubogi" finalida qatnashuvchi sakkiz mamlakatning g‘olib vakillari nomini e’lon qiladi, deb xabar berdi "Vimpelkom" matbuot xizmati.

Eurasia Mobile Challenge tanlovi VimpelCom kompaniyasining Make Your Mark ("O‘z izingni qoldir") ijtimoiy dasturi doirasida o‘tkaziladi. Mazkur loyiha muammolarga innovatsion va texnologik yechim topishda yosh tadbirkorlarga ko‘mak berishga qaratilgan.

"Yevrosiyo mobil kubogi" bahslarida jamoalar biznes-loyihalarining innovatsionligi, o‘ziga xosligi, qamrovi, mahalliy jamiyat uchun ahamiyati va samaradorligiga qarab baholanadi.

Bu yil finalchilar deyarli mingga yaqin jamoa orasidan tanlab olingan bo‘lib, bu yil 2015-yildagiga nisbatan ikki baravar ko‘p jamoa ro‘yxatga olingandi. Hakamlar e’tiboriga 300ga yaqin loyiha taqdim etildi. Sakkizta ishtirokchi davlatdan uchtadan jamoa tanlab olindi va endi 24ta finalchi jamoa jahonning yetakchi raqamli tashkilotlari, global investorlari hamda VimpelCom rahbarlaridan iborat 10 kishilik hakamlar hay’atiga o‘zlarining raqamli g‘oyalarini taqdim etadilar.

Hududiy finaldan so‘ng uchta g‘olib jamoa o‘z loyihalarini 2017-yilning 27-fevralidan 2-martigacha bo‘lib o‘tadigan Mobile World Congress doirasidagi Global Mobile Challenge finalida namoyish etadilar.

"Yevrosiyo mobil kubogi"da ishtirok etish uchun startaplar "Ko‘ngil ochish va madaniyat", "Atrof-muhit uchun foyda", "Jamiyat uchun foyda" va "Boshqalar" yo‘nalishlaridan birida innovatsion mobil yechimni taklif etishi lozim edi. bu yil eng ko‘p ariza (143) "Jamiyat uchun foyda" yo‘nalishida tushdi, ikkinchi o‘rinni "Ko‘ngil ochish va madaniyat" yo‘nalishi oldi (58 ariza).

Finalga O‘zbekistondan Fixit, MyApteka va Smartup jamoalari chiqishdi.

Yangiliklar lentasi
0