TOShKENT, 26 dek — Sputnik. V Andijon shahrida yangi qilichbozlik majmuasi foydalanishga topshirildi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Majmua sakkiztadan o‘ntagacha qilichbozlar maxsus yo‘lakchasini o‘rnatish imkoniyatiga ega maydoni 24x42 m o‘lchamdagi mashg‘ulotlar zali, 50 o‘rinli mehmonxona, trenajor zallarini o‘z ichiga olgan.
Andijon viloyati qilichbozlik maktabi o‘zbek sportiga bir qator iste’dodli qilichbozlar, jumladan London Olimpiadasi ishtirokchisi Ruslan Kudayev, jamoaviy bahslar bo‘yicha Osiyo chempionlari — Javohir Nurmatov, Abdulbosit Nasriddinov, Sanjar Sobirov, Osiyo chempionatining ikki karra kumush medal sohibi Saidbek Djeyenbayevlarni tarbiyalab bergan.
Eslatib o‘tamiz, shu paytga qadar qilichbozlar uchun xalqaro standartlarga javob bera oladigan qilichbozlar zali faqatgina Toshkentda mavjud edi. Yangi majmua sportchilarning 2020-yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga tayyorlanishlari va ushbu sport turini mamlakatda yanada ommalashtirishga imkon beradi.