O‘zbekiston ombudsmeni internet-qabulxona ochdi

© findakompyuter foydalanuvchisi
kompyuter foydalanuvchisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbari - ombudsmen, internet qabulxona ochdi.

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Ombudsmen internet qabulxonasi Respublikada inson huquqlari builish holatlari haqida shikoyatlarni ombudsman.uz  sahifasi orqali qabul qilishi mumki.

Ombudsmen internet qabulxonasi O‘zbekiston yoki chet mamalkat fuqarolaridan hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan arizalar qabul qilishi mumkin.

Shuningdek, internet-qabulxona nodavlat notijorat tashkilotlardan ma’lum bir inson yoki bir gurh fuqarolar huquqlari buzilishi haqida, ularning roziligi bilan yozilgan, arizalarni ham ko‘rib chiqishi mumkin.

Arizalar inson huquqlari buzilgan vaqtdan boshlab bir yil davomida yoki huquqlar buzilgan ma’lum bo‘lganidan keyin bir yil davomida qabul qiladi.

Inson huquqlarini himoya qiluvchi rahbar quyidagi tur arizalarni qabul qilmaydi: Inson huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga yo‘naltirilmagan arizlarni; sudlar faoliyatiga taaluqli bo‘lgan shikoyatlarni; imzosiz shikoyatlarni.

O‘zbekistonda internet-qabulxonlar ochish an’anasini, ushbu yilning 24-sentabrida O‘zbekiston bosh vaziri  Shavkat Mirziyoyev boshlab bergan edi. Ushbu tajriba o‘ta samarali bo‘lib, 2 oy davomida qabulxonaga 218 ming dona ariza kelib tushgan edi.  Shundan keyin prezident Shavkat Mirziyoyev har bir tumanda Xalq internet qabulxonalarini ochishni taklif qilgan edi.   

Yangiliklar lentasi
0