Mehmonxonalarda avtomatlashgan ro‘yxatga olish tizimi joriy etiladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston mehmonxonalarida joylashgan sayyohlarni avtomatik ravishda ro‘yxatga olish tizimi joriy etiladi.

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. O‘zbekistonda mehmonxonada joylashgan mehmonlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni avtomatlashtirish uchun maxsus dastur yaratiladi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Today nashri.

Shavkat Mirziyoyev yaqinda imzolangan "O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tezlashtirilgan tartibda rivojlantirish to‘g‘risida"gi qaror  dasturida ham ushbu mavzuda aytib o‘tilgan.

Mehmonlarni avtomatik ravishda ro‘yxatga qo‘yish uchun mo‘ljallangan maxsus dastur Internet tarmog‘i orqali ishlaydi, bugungi kunda ushbu operatsiya oddiy qog‘oz jurnallar yordamida amalga oshirilmoqda.  

Ushbu loyiha O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va kommunikatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu chora, mehmonxonalar faoliyatini yengillashtirish bilan bir qatorda, O‘zbekistonga kelgan sayyohlarni hisob-kitob qilish, mehmonxona va sayyohlik kompaniyalarining soliq to‘lash tizimini tartibga solishga yordam berishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0