Turkiyada yangi yil bayrami kunlari qator portlashlar sodir etilishi mumkin - AQSh elchixonasi

© REUTERS/Osman OrsalTurkiyada yuz bergan teraktdan keyingi holat
Turkiyada yuz bergan teraktdan keyingi holat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh elchixonasi o‘z fuqarolariga jamoat joylardan uzoqroq yurishni, ayniqsa, chet elliklar to‘planadigan hududlarga bormaslikni maslahat bermoqda

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. AQShning Turkiyadagi elchixonasi Yangi yil bayrami kunlarida o‘z fuqarolarini ogoh bo‘lishga da’vat qilib, xavfsizlik nuqtayi-nazaridan ularni ommaviy tadbirlarga bormaslikka hamda jamoat joylaridan uzoqroq yurishga chaqirmoqda, deb xabar qilgan RIA Novosti.

Qurollangan jangariar - Sputnik O‘zbekiston
Anqaradagi suiqasd uchun javobgarlikni Suriyadagi terrorchi guruh o‘z bo‘yniga oldi
"AQSh diplomatik missiyasi sizlarga shuni eslatib o‘tadiki, ekstremistik guruhlar butun Turkiya bo‘ylab, shu jumladan, chet ellik fuqarolar ko‘pincha to‘planadigan hududlarga hujum uyushtirishda davom etmoqda. Shu bois, AQSh fuqarolarining ommaviy tadbirlar va yangi yil munosabati bilan uyushtiriladigan yig‘inlarda ishtiroki to‘g‘risida qabul qilingan ushbu qarorni yodda tutishlaringiz lozim", — deyilgan AQSh elchixonasi rasmiy saytida.

Amerikaliklarga jamoat joylaridan uzoqroq yurish, ayniqsa, chet elliklar to‘planadigan hududlarga bormaslik tavsiya etilgan.

Oxirgi ikki hafta davomida Turkiyada ikkita yirik terakt sodir etildi (Istanbul va Kayserida). Bu portlashlar uchun javobgarlikni "Qurdiston ozod lochinlari" radikal guruhi o‘z bo‘yniga olgan. Minalashtirilgan avtomobillar portlashi oqibatida 58 kishi halok bo‘lgan.

Dushanba kuni Anqarada "Rossiya Kaliningraddan to Kamchatkaga qadar sayyoh nigohida" fotoko‘rgazmasi ochilish marosimida Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov otib o‘ldirildi. Turkiya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, qotil — politsiya xodimi Mevlyut Mert Altintash — kuch ishlatish xodimlari tomonidan yo‘q qilingan.

Yangiliklar lentasi
0