TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Yaqinda Shavkat Mirziyoyev qarori bilan e’lon qilingan armiyaga chaqiruv yangi qoidalar asosida o‘tadi, deb xabar qilgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakili Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumani davomida.
2016 yilning may oyida Mudofaa vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamkorligida Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan chaqiriluvchilar tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tayyorlagan edilar. Mazkur Nizom tegishli idoralar bilan kelishilgan holda, iyul oyida Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan.
"Tanlov ishtirokchilari test topshiriqlarini bajarib bo‘lishgach, Davlat test markazi ularning javoblari asosida o‘rtacha ballni chiqaradi, va bu armiya safidan o‘rin olishning o‘ziga xos plankasi sifatida xizmat qiladi. O‘rta balldan yuqori ball olganlar xizmatga ro‘yxatdan o‘tkaziladi", — deb ta’kidlagan suhbatdosh.
Xabarga ko‘ra, chaqiriluvchi o‘z xizmat joyi va qo‘shin turini mustaqil tanlash huquqiga ega bo‘lmaydi. Bu masalani Chaqiruv komissiyasi hal qiladi. Ta’kidlanishicha, komissiya harbiy xizmatga chaqiriluvchining testlardan olgan ballari, sog‘lig‘i holati, jismoniy ko‘rsatkichlari va oilaviy ahvolidan kelib chiqqan holda qaror qabul qiladi.